1

Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo`lgan jinoiy guruh a`zosi ushlandi

Jinoyat 07.02.2023, 21:47
Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo`lgan jinoiy guruh a`zosi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbirda fuqarolarni aylanma yo`llar bilan AQSh davlatiga noqonuniy yuborayotgan jinoiy guruh a`zolardan birining faoliyatiga chek qo`yildi.

Ma`lum bo`lishicha, 1995 yilda tug`ilgan, Buxoro shahrida yashovchi M.F. fuqarolarni noqonuniy yo`llar bilan Evropa ittifoqi davlatlari va Meksika orqali AQShga yuborish bilan shug`ullangan. U navbatdagi “mijozi” – samarqandlik fuqaroni AQShga yuborish uchun 15.000 AQSh dollar so`ragan. Tezkor tadbir chog`ida M.F. ushbu puldan 3000 AQSh dollarini mahalliy fuqarodan olayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1