1

Zelenskiy Britaniyaga bordi

Dunyo 08.02.2023, 17:17
Zelenskiy Britaniyaga bordi

Rishi Sunak Twitter'da “Buyuk Britaniyaga xush kelibsiz” deya post yozib, Zelenskiy bilan birga tushgan suratini e`lon qildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi

Xabarda aytilishicha, Vladimir Zelenskiy chorshanba kuni Britaniya parlamentida nutq so`zlashi va qirol Charlz III bilan uchrashishi kutilmoqda.

Avvalroq Sky News nashri Buyuk Britaniya Bosh vazir devoniga tayanib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rishi Sunak va ukrainalik harbiylar bilan uchrashish uchun bugun Buyuk Britaniyaga kelishi haqida xabar berdi.

Nashrga ko`ra, tashrif chog`ida Zelenskiy Britaniyada harbiy mashg`ulot o`tkazayotgan Ukraina harbiylarini borib ko`radi.

Shuningdek, Ukraina prezidenti bosh vazir Rishi Sunak bilan harbiy uchuvchilarni tayyorlash bo`yicha yangi dastur masalasini ham muhokama qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1