AsosiyDunyo
2608

Xitoy Osiyoda ham josus sharlar uchirgan — AQSh razvedkasi

'Xitoy Osiyoda ham josus sharlar uchirgan — AQSh razvedkasi'ning rasmi

Xitoy bir necha yillardan beri razvedka sharlari orqali Osiyo mamlakatlaridagi harbiy inshootlar haqida ma`lumot to`plagan. Bu haqda AQSh razvedkasi xabar qilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, XXR armiyasi keng qamrovli kuzatuv dasturi doirasida beshta davlatda havo sharlaridan foydalangan.

Pekin Yaponiya, Hindiston, Vetnam, Filippin va Tayvandagi harbiy infratuzilma haqida ma`lumot to`plash uchun aerostatlarni ishlatgan.

“Xitoyliklar nihoyatda eski texnologiyani olib, uni zamonaviy aloqa va kuzatuv bilan birlashtirdi”, — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar