1

Belgiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport 09.02.2023, 07:41
Belgiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Domeniko Tedesko rasman futbol bo`yicha Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlandi.

Belgiya futbol assosiasiyasi 37 yoshli italiyalik nemis bilan 2024 yilgacha shartnoma tuzdi. (italiyaliklar nemislarni tedesko deb atashadi).

Qatar-2022 dan so`ng Roberto Martines iste`foga chiqdi. Oradan bir oy o`tib Tedeskoning nomzodi aniq bo`ldi.

Qizig`i, Tedesko professional futbol o`ynamagan. 2017–2019 yillarda «Shalke» (Germaniya), 2019–2021 yillarda «Spartak» (Moskva)ni boshqargan. So`ngra Germaniyaga qaytib, «RB Leypsig»ni yarim yilga yaqin shug`ullantirdi. Uning izmidagi «qizil buqalar» Evropa chempionlar ligasiga yo`llanmani va Germaniya kubogini qo`lga kiritishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1