AsosiyDunyo

Zilziladan omon qolgan 16 nafar chaqaloq Turkiya Prezidenti samolyotida Anqaraga olib kelindi

'Zilziladan omon qolgan 16 nafar chaqaloq Turkiya Prezidenti samolyotida Anqaraga olib kelindi'ning rasmi

Prezident Rajab Toyyib Ular davlatimizning ishonchli qo`llarida.ning rafiqasi, birinchi xonim Emine Erdo`g`on poytaxt Etlik kasalxonasiga olib borilgan zilziladan omon qolganlarni ziyorat qildi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi

Ma`lum qilinishicha, bir yoshga ham to`lmagan 16 chaqaloq prezident samolyotida Qahramanmarasdan Anqaraga olib ketildi. Ularning eng kichigi 6 kunlik, eng kattasi esa endigina 2 oylik.

Doktor Gungerer chaqaloqlar o`tkazgan muolajalar haqida gapirdi. Uning so`zlariga ko`ra, bolalarning ahvoli barqaror va ularga hech narsa tahdid solmaydi.

“Ulardan ikki nafari vayronalar ostidan qutqarib olindi, ular reanimasiya bo`limida. Ular bir muncha vaqt qattiq nazorat ostida bo`lishadi”, dedi shifokor.

Emine Erdo`g`on kasalxonaga borganidan so`ng ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi:

“Prezidentimiz ko`rsatmasi bilan Prezident samolyotida Qahramanmaroshdan Anqaraga olib ketilgan zilzila qurboni bo`lgan 16 nafar go`dakning sog`ligi umidlarimizni yangiladi. Ular davlatimizning ishonchli qo`llarida. Men ham vaziyatni kuzatib boraman. Tabiiy ofatdan jabr ko`rgan barcha bolalarimizga hamdardlik bildiraman, jabrlangan go`daklarimizga esa tezroq sog`ayib ketishini tilayman”.

 

    Boshqa yangiliklar