AsosiySport

Turkiyada zilzila oqibatida voleybol jamoasidan 34 kishi qurbon bo`lgan

'Turkiyada zilzila oqibatida voleybol jamoasidan 34 kishi qurbon bo`lgan'ning rasmi

Turkiyaning Adiyaman shahrida zilzila paytida Famagusta shahrining Kipr turklari voleybol jamoasidan 34 kishi halok bo`lgan, deb yozmoqda Kiprda chiqadigan "Katimerini" gazetasi.

Halok bo`lganlarning jasadlari shahardagi mehmonxona vayronalari ostidan topilgan, jamoaning yana bir a`zosini qidirish davom etmoqda, deyiladi xabarda.  

Turkiyadagi zilzila oqibatida qurbon bo`lgan Kipr turklari jami 47 kishiga etdi, deb yozmoqda gazeta.  

6 fevralda Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida birin-ketin ikki marta 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, halokat sababli Turkiyada qurbon bo`lganlar soni 29 ming 605 kishiga etgan. Zilzila Turkiyaning 10 ta viloyati hamda Suriya hududiga katta talofat etkazdi.  

    Boshqa yangiliklar