1

Dunyoda vabo tarqalishi xavfi “juda yuqori” – JSST

Salomatlik 13.02.2023, 13:10
Dunyoda vabo tarqalishi xavfi “juda yuqori” – JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bayonotiga ko`ra, 2022 yil dekabr oyi o`rtalaridan boshlab Er yuzida vabo bilan bog`liq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. 

Xususan, shu yil fevral oyiga kelib 18 ta mamlakat hududida mazkur kasallik avj olgani xabar qilindi. Eng yomoni, ularda epidemiyadan o`lim ko`rsatkichi sezilarli darajada yuqori.

Tahlillarga ko`ra, so`nggi ikki asr davomida sayyoramizda ettita vabo pandemiyasi qayd etilgan. Ulardan ettinchisi 1961 yilda boshlangan bo`lib, hamon davom etmoqda.

Garchi  pandemiya o`tgan asrning 90-yillari oxirida sezilarli darajada kamaygan bo`lsa-da, Afrika va Osiyo davlatlarida hanuz epidemiyaning yangi to`lqinlari vujudga kelyapti. 

Bemorlar soni ko`payishi va kasallik geografiyasi kengayishi, qolaversa, vaboga qarshi vaksinalar hamda boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, JSST kelgusi oylarda bu xastalikning yanada avj olishi xavfini juda yuqori, deb baholaydi.

Eslatib o`tamiz, vabo o`tkir diareya infeksiyasi bo`lib, har yili o`rtacha 2,9 million kishida aniqlanadi. Achinarlisi, bemorlardan 95 ming nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan ko`z yummoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1