Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Viktoriya universiteti seysmologiya professori Edvin Nissen shunday fikr bildirdi.
Olimning aytishicha, Turkiyadagi zilzilalar “quruqlikda qayd etilgan eng kuchli besh yoki o`nta silkinishdan biri”dir. Ofat ko`lami va Turkiyaning aholi zich joylashgan qismida yuz bergani uchun vayronkor tus olgan.
Uning ta`kidlashicha, eng kuchli zilzilalar odatda okeanlarda sodir bo`ladi.
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 31 643 nafarga, jabrlanganlar soni 158 168 nafarga etdi.
13.02.2023 17:54
Turkiyadagi silkinishlar quruqlikdagi eng vayronkor 10 ta zilzila qatoriga kiradi






