1

COVID'dan so`ng bemorlarda kuzatilayotgan 6 ta xavfli asoratni ma`lum qilindi

Salomatlik 15.02.2023, 18:53
COVID'dan so`ng bemorlarda kuzatilayotgan 6 ta xavfli asoratni ma`lum qilindi

Virus Er yuzi bo`yicha oyiga 80-90 ming odamning o`limiga sabab bo`lyapti. Shu bois Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti SOVID-19 pandemiyasini yana uch oyga uzaytirishga majbur bo`ldi.

Boz ustiga, so`nggi oylarda turli mintaqalarda “omikron” shtammining XBB.1.5 subvarianti keng tarqalmoqda. U hozirgacha bizga ma`lum mutasiyalar orasida eng yuquvchani sifatida baholanyapti.

Ammo mutaxassislarni tashvishga solayotgan omil shundangina iborat emas. Negaki, bu dard vaqt o`tishi bilan qator xavfli asoratlarini ham namoyon qilmoqda.

Shulardan eng ko`p uchrayotgani — tromboz. U ortiqcha vazn, semizlik va qandli diabet kabi metabolik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarda ayniqsa, ko`p kuzatilyapti.

Ikinchi xavfli asorat — yurak faoliyati buzilishi. Gap shundaki, virus qon tomirlari, o`pka, yurak va boshqa organlar to`qimalariga kirgach, ularni yo`q qilib, yallig`lanishni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, o`z navbatida, miokardit yuzaga kelishiga sabab bo`lyapti.

Uchinchi xavfli asorat — depressiya va xotira susayishi. Pandemiya boshlanganidan buyon shifokorlar COVID-19'ni boshdan o`tkazgan bemorlarda xuddi shu alomatlarni qayd etishmoqda.

To`rtinchi xavfli asorat — insult. Bu mazkur infeksiya oqibatida miya tomirlarida kuzatilayotgan yallig`lanish jarayoni bilan bog`liq.

Beshinchi xavfli asorat — o`pka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan so`ng, o`pkada chandiqlar hosil bo`lib, bu nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keladi.
Oltinchi xavfli asorat — son suyagi, elka, tizza bo`g`imlari emirilishi bilan kechmoqda. Oqibatda endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni ko`paymoqda.

Shifokorlar xulosasiga ko`ra, koronavirusga qarshi emlanish nafaqat uning yuqishi yoki og`ir kechishi, balki xavfli asoratlaridan ham ishonchli himoyalaydi. Ayniqsa, katta yoshli insonlar, surunkali kasallikka chalingan va immuniteti zaif kishilar, birinchi navbatda, vaksina olishlari lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1