AsosiyDunyo

Qozog`istonda Birinchi Prezident to`g`risidagi qonun bekor qilindi

'Qozog`istonda Birinchi Prezident to`g`risidagi qonun bekor qilindi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev "Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to`g`risida"gi Konstitusiyaviy qonun o`z kuchini yo`qotgani to`g`risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oqo`rda xabar berdi. 

Yangi qonun bilan Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev va uning oila a`zolari bir qator imtiyozlardan mahrum etildi. 

Endi:

  • Nazarboev oilasi byudjet hisobidan alohida ta`minlanmaydi.
  • Xodimlar bilan ta`minlangan ofisga ega bo`lmaydi. 
  • Davlat qo`riqlash xizmatining maxsus otryadidan mahrum etiladi. 
  • Nazarboevning qarindoshlari jinoiy ta`qibdan immunitet huquqini ham yo`qotadi. 

 

Lekin Nazarboev qonunda ko`zda tutilgan ba`zi imtiyozlarni saqlab qoladi. Masalan:

  • Parlament palatalarining qo`shma majlislarida qatnashishi mumkin.
  • U kvartira, dacha, qo`riqlash xizmati va haydovchisi bo`lgan avtomashina bilan ta`minlanadi. 

 

    Boshqa yangiliklar