BMTning birinchi delegasiyasi Suriya shimoli-g`arbidagi isyonchilar nazoratidagi hududlarga tashrif buyurdi. Mutaxassislar Turkiyadan «Bab al-Hava» nazorat-o`tkazish punkti orqali kirib kelgan va etkazilgan zarar miqdorini baholamoqchi, deya xabar beradi Euronews.
«Bugun men BMTning zilziladan jabr ko`rgan Suriya xalqi uchun 397 million dollarlik gumanitar yordam taklifini e`lon qilaman. Bu uch oylik muddatni qamrab oladi», dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.
16.02.2023 12:40
BMT Suriyadagi zilzila qurbonlari uchun shoshilinch mablag` yig`ishini e`lon qildi






