AsosiyDunyo

Jahon banki rahbari lavozimini tark etishini ma`lum qildi

'Jahon banki rahbari lavozimini tark etishini ma`lum qildi'ning rasmi

U hamkasblariga Jahon banki prezidentligi lavozimini  2023 yilning oxirigacha tark etishi haqida bank kengashini xabardor qilganini ma`lum qilgan. “Men asosiy ish yo`nalishimizda siljish bo`lganidan juda xursandman va keyingi bir necha oy yangi rahbarni almashtirish sokin kechishi uchun juda yaxshi imkoniyat", – degan  Malpass  xodimlariga. 

Blumberg agentligining xabariga ko`ra, gap bu erda muddatidan oldin iste`fo haqida bormoqda. Malpassning o`zi esa qaroriga nima sabab bo`lganini oshkor etmagan.    

Devid Malpass kelib chiqishi amerikalik bo`lib, hisob bo`yicha Jahon bankining  13-prezidenti bo`ldi. U  mazkur lavozimni 2019 yil 5 aprelda egallagan edi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar