Qahramonmarash shahrining Kayaboshi mahallasidagi turar-joy binosi vayronalari ostidan 17 yoshli Aleina Olmez ismli qiz qutqarib olindi. Birinchi tibbiy yordamdan keyin shifokorlar uni kasalxonaga yuborishgan.
Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari 11-kundirki davom etmoqda.
Ma`lumot o`rnida, episentri Turkiya janubi-sharqida bo`lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 36,1 ming kishidan oshdi.
Eslatib o`tamiz, Rajab Toyyib Erdog`an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan etti kunlik milliy motam e`lon qildi.
Vayronkor zilzila qo`shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gresiya Kipr va Iroqda ham sezildi.
16.02.2023 15:52
Hatay viloyatida dahshatli zilziladan 248 soat o`tib 17 yoshli qiz qutqarib olindi






