AsosiyDunyo

Turkiyada zilziladan jabr ko`rganlar vaqtinchalik jon saqlayotgan chodirlardan birida portlash sodir bo`ldi

'Turkiyada zilziladan jabr ko`rganlar  vaqtinchalik jon saqlayotgan chodirlardan birida portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Turkiya Sog`liqni saqlash vaziri Faxriddin Kojaning ziyorati chog`ida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda “Ahaber” telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Faxriddin Koja zilzila bo`lgan hududdagi jarohatlanganlarning holidan xabar olish uchun ular vaqtinchalik jon saqlayotgan chodirlarga bordi. Ziyoratdan so`ng chodirlar oldidagi isitish uchun yoqilgan ko`mir alanga olib, portladi.  

Portlash aynan qaysi hududda sodir bo`lgani haqida ma`lumot berilmagan. Aytilishicha, vazirning sog`ligi joyida, zarar ko`rganlar yo`q. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar