AsosiyDunyo

Filippinning Luzon orollarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo`ldi

'Filippinning Luzon orollarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 15 fevral kuni Filippinning Luzon orollariga yaqin sohillarda 6,1 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, zilzila mamlakat mahalliy vaqti bilan soat 02:10 da qayd etilgan.

Zilzila epimarkazi 2,1 ming aholi istiqomat qiluvchi Bikol viloyatining Miaga qishlog`idan 11 km janubi-g`arbda qayd etilgan.

Er silkinishlari Luzon va Filippinning markaziy qismidagi bir qancha hududlarda, jumladan, Albay provinsiyasidagi Legaspi shahrida, Sorsogon, Shimoliy Samar, G`arbiy Negros va Janubiy Leyteda ham sezilgan.

    Boshqa yangiliklar