Betakror chiroyi bilan taniqli italiyalik aktrisa Monika Belluchchi ijodi, oilasi, qizlari va go`zallik sirlari xaqida:
- «Go`zallik 2 xil vaziyatdagina muammo tug`dirishi mumkin, agar u yo`q bo`lsa yoki go`zallikdan boshqa xech narsang bo`lmasa. Mendan faqat rol uchun ozishni so`rashgandagina parhez qilaman. Qolgan paytlarda pissa va pastadan o`zimni tiymayman. Mening shiorim – egin, sevgin va yasha!»
- «Onalik baxtiga birinchi marta 40 yoshimda qizim Devani, ikkinchi marta 45 yoshimda Leona qizimni dunyoga keltirganimda musharraf bo`lganman».
- «Men hech qachon plastik jarrohlik muolajasiga murojaat qilmaganman».
- «Suzish va yoga bilan muntazam shug`ullanaman».
- «Turmush o`rtog`im, Vensan Kassel bilan «Xonadon» filmini suratga olishi jarayonida turmush qurganmiz. 19 yil baxtli umr kechirdik, ikki qizimning otasi u».
- «Meni ko`pincha ikkinchi Sofi Loren deb ham atashadi, bundan g`ururlanman ».
- «Men Rio-de-Janeyrodagi uyimni judayam yaxshi ko`raman. U erda ruhim tetiklashadi».
- «Sochlarimni haftada 2 marta yuvaman, shampunning o`zida emas, suv bilan aralashtirib yuvaman. Yuvishdan oldin esa soch tomirlariga zaytun yog`idan suraman».
- «Sevimli rangim – tim qora».





