AsosiyDunyo

Slovakiya Rossiyani terrorizm homiysi, Rossiya rejimini esa terrorchi deb tan oldi

'Slovakiya Rossiyani terrorizm homiysi, Rossiya rejimini esa terrorchi deb tan oldi'ning rasmi

Slovakiya Milliy kengashi (parlamenti) Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida, Rossiya rejimini esa terrorchi deb tan oldi, deb yozadi Actuality nashri.

Slovakiya parlamenti rezolyusiyani qabul qilib, unda Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzini  qoralab, Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo`llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, rezolyusiyada Rossiyaning amaldagi rejimi terrorchi, Rossiya esa terrorizmning homiysi davlat deb atalgan.

Bundan tashqari, rezolyusiyada Ukrainaning Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarida referendumlar o`tkazilganligi va natijalari tan olinmasligi bildirilgan. “Bu hududlar Ukrainaning bir qismi bo`lib qolmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Slovakiya parlamenti, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlarini tergov qilish uchun maxsus tribunal tashkil etish borasidagi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashini bildirdi.

Shu bilan birga, rezolyusiyada, Slovakiya parlamentariylarining fikricha, Rossiya ham Slovakiya hududida olib borilayotgan gibrid urush qoralanadi. Hujjat mamlakat huquq-tartibot idoralari, razvedka xizmatlari va boshqa vakolatli organlarini Slovakiyada xavfsizlik va demokratiyani saqlash maqsadida tahdidni past baholamaslikka, balki unga qarshi samarali choralar ko`rishga chaqiradi.

Evroparlament va qator Evropa davlatlari allaqachon Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olgan. O`z navbatida, Evropa Kengashi Parlament Assambleyasi Rossiya Federasiyasini terroristik rejim deb atagan rezolyusiyani qabul qildi.

    Boshqa yangiliklar