2023 yilda Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti 4.9 foizga va 2024 yilda 5.4 foizga o`sadi. Bu haqda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki hisobotiga tayanib "Zamon.uz" xabar bermoqda.
Bunga sabab qilib uch omil ko`rsatilgan: infratuzilmaga investisiyalar oqimi, energotashuvchilarning baland narxi va Rossiya biznesi relokasiyasi.
Bank faoliyat yuritadigan davlatlar oracida 2023 yilda eng yirik o`rtacha o`sish Qozog`iston, Qirg`iziston, Mo`g`uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekistonda yuz berishi mumkin (barcha mintaqalar bo`yicha umumiy prognoz +2.1 %). Real YaIM eng ko`p Tojikiston (8 foiz), Qirg`iziston va Mo`g`uliston (7 foiz), Turkmaniston va O`zbekiston (6.5 foiz)da o`sishi kutilmoqda. Qozog`istonda bu 3.5 foiz atrofida bo`ladi.
Ekspertlar Markaziy Osiyo va Kavkazga EI, Buyuk Britaniya va AQShdan eksport keskin oshganini qayd etishgan. Bu vositachilik savdosining oshganini ko`rsatadi: import qilingan tovarlar Rossiyaga reeksport qilinadi. Armaniston va Qirg`izistonda bunday savdo YaIMning 4-6 foiziga to`g`ri keldi. Bu o`z navbatida mahalliy valyutalarning dollarga nisbatan mustahkamlanishiga sabab bo`ldi.






