Turkiyalik seysmologlar Istanbulda halokatli zilzila sodir bo`lishini bashorat qilishdi – megapolis Anadolu va Evroosiyo tektonik plitalari tutashgan joyda joylashgan. Bu haqda zamon.uz ezdi.
Mutaxassislarning fikricha, kutilayotgan Istanbul zilzilasi olib kelishi mumkin bo`lgan vayronagarchiliklar iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar jihatidan Qahramanmarashdagi yo`qotishlardan oshib ketadi. Boshqacha aytganda, Qahramanmarash zilzilasi deyarli Istanbul zilzilasining repitisiyasidir.
Qayd etilishicha, Istanbuldagi binolarning 70 foizi 2000-yilgacha qurilgan. Ta`kidlanishicha, oxirgi zilzila paytida bir necha yil avval "seysmik chidamli" deb qurilgan hashamatli majmualar vayron bo`lgan.
Avvalroq Turkiya hukumati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qahramanmarash, Usmoniya, Hatay, Kilis, Gaziantep, Diyarbakir, Shanliurfa, Adana, Adiyaman, Malatya va Elazig`da sodir bo`lgan zilzilalarda jami 38 ming 44 kishi halok bo`lganini ma`lum qilgan edi.






