Erni hafta oxiriga kelib kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo`ronlari qoplaydi. Bu haqda Meteoagent nashriga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
19-21 fevral kunlari K-indeksida 4 darajada magnit bo`roni bo`lishi kutilmoqda. Shuningdek, 22-28 fevralgacha K-indeksida 3 darajada yana bir magnit to`lqini kuzatiladi. K-indeksi geomagnit faollikni tavsiflaydi va 3 soatlik intervalda Er magnit maydonining normadan chetlanishini bildiradi.
Magnit bo`ronlari hatto o`rta kuchga ega bo`lsa ham inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Magnit bo`ronining salbiy ta`sirining eng keng tarqalgan ko`rinishlari quyidagilar:
- bosh aylanishi va bosh og`rig`i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog`liq muammolar;
- qon bosimning buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- og`riqlar, shuningdek, bo`g`imlardagi og`riq;
- ishtaha buzilishi va ko`ngil aynish;
- holsizlik hissi.






