AsosiySport

“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Turkiyadagi zilzilada vafot etdi

'“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Turkiyadagi zilzilada vafot etdi'ning rasmi

Turkiyaning “Hatayspor” klubi hujumchisi, avvalroq Londonning “Chelsi” klubida o`ynagan Kristian Atsu Turkiyada vayronalar ostidan o`lik holda topildi. Bu haqda futbolchining agenti Murat Uzunmehmet o`zining twitter sahifasida ma`lum qildi, deb xabar bermoqda zamon.uz.

Eslatib o`tamiz, o`tgan hafta Turkiyada sodir bo`lgan dahshatli zilzilalar boshlanganidan beri Atsu qaerdaligi va ahvoli haqida hech narsa ma`lum emas edi. Avvalroq “Hatayspor” vakillari futbolchi fojia arafasida turk klubini tark etmoqchi bo`lganini ma`lum qilgandi.

Atsu 31 yoshida vafot etdi. Gana terma jamoasi futbolchisi faoliyati davomida Angliyaning “Chelsi”, “Everton”, “Nyukasl” va “Bornmut”, Portugaliyaning “Portu”, Ispaniyaning “Malaga” va boshqa klublarida o`ynagan. Atsu Turkiyaning “Hatayspor” klubiga 2022 yilning sentyabrida kelib qo`shilgan edi.

    Boshqa yangiliklar