Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) jahon hamjamiyatini Turkiya va Suriyaning zilziladan jabr ko`rgan aholisini sog`lig`ini saqlash uchun zudlik bilan 84,5 million dollar ajratishga chaqirdi. JSSTning kecha, 17 fevral kuni kechqurun Jenevada tarqatilgan press-relizida ta`kidlanganidek, bu, xususan, hayotiy zarur dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni etkazib berishga taalluqlidir.
JSST Turkiya va Suriya Arab Respublikasidagi zilziladan keyin sog`liqni saqlash ehtiyojlari uchun favqulodda 84,5 million dollar ajratishga chaqirdi.
JSSTning javobi hayotni saqlaydigan dori-darmonlar va boshqa tibbiy buyumlarni etkazib berish, zarur tibbiy xizmatlar va zaruriy tibbiy yordam ko`rsatish uchun shoshilinch tibbiy yordam guruhlari tarmog`ini ishga tushirishni o`z ichiga oladi.
Eslatib o`tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo`lgan ikkita zilzila sodir bo`ldi.
Prezident Rajab Toyib Erdo`g`an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan etti kunlik milliy motam e`lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo`ylab yarimga hilpiratildi.
Vayronkor zilzila qo`shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.






