AsosiyDunyo

AQSh migrasiyaga oid qonunlarga o`zgartirish kiritadi

'AQSh migrasiyaga oid qonunlarga o`zgartirish kiritadi'ning rasmi

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti immigrasiya qonunlariga ayrim noqonuniy muhojirlarning AQShdan boshpana so`rashini taqiqlovchi o`zgartirishlar kiritish taklifini e`lon qildi. "Politico" nashrining yozishicha, yangi migrasiya qoidalari 11-maydan kuchga kiradi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Shu bilan birga, 2020 yilda COVID-19 pandemiyasining boshlanishi fonida AQShning 45-prezidenti Donald Tramp ma`muriyati tomonidan kiritilgan 42-bo`lim o`z faoliyatini to`xtatadi. U Nikaragua, Kuba va Gaitidan kelgan muhojirlarni AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o`tgan taqdirda, Qo`shma Shtatlar hududidan tez sur`atda chiqarib yuborish imkonini beradi.

Oq uy rasmiylari jurnalistlarga yangi qoidalar Tramp ma`muriyatining immigrasiya amaliyotining davomi sifatida qaralmasligi va “katta taqiq” emasligini aytdi. Prezident Jo Bayden ma`muriyati rasmiylariga ko`ra, Milliy xavfsizlik departamenti takliflari janubiy chegarada tartibni ta`minlashga qaratilgan.

42-bo`lim tomonidan mamlakatdan muhojirlarni olib chiqish uchun 2 million martadan ko`proq foydalanilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar