Jigar kasalliklarini tadqiq etish uchun "tirik" model yaratildi

Salomatlik 25.02.2023, 12:26
Jigar kasalliklarini tadqiq etish uchun "tirik" model yaratildi

​Jigarning yog` bosishi (yog`li gepatoz) — tobora keng tarqalayotgan kasallik. Dunyo aholisining to`rtdan bir qismida bu dard alomatlari uchraydi. Xastalik asosan noto`g`ri ovqatlanish, kam harakatlilik tufayli yuzaga keladi. 
Shuningdek, qandli diabet, gormonal almashinuv buzilishi va genetik kasalliklar ham ushbu muammoning omili. Xavotirli jihati, mazkur holat bora-bora jigar yallig`lanishi va disfunksiyasiga olib kelishi mumkin. 
Taassufli jihati, olimlar bu kasallikni tadqiq etish uchun mos keladigan sinov vositalariga ega emas. Chunki tajriba o`tkaziladigan sichqonlarda yog`li gepatoz butunlay boshqacha kechadi. 
Shu sababli izlanuvchilar maxsus model — organoidlarni yaratishga muvaffaq bo`ldi. Bu haqda SSV matbuot  xizmatining xabar bermoqda.

 Ular inson yoki hayvon a`zolarining tirik hujayralaridan shakllantirilgan. Muhimi, organoidlar funksional va shakliy jihatdan tabiiy muqobili bilan bir xil. 

Bu vositalar yordamida yog`li gepatoz uch usul — yog` kislotalari bilan hujayralarni "oziqlantirish" va genomni sun`iy tahrirlash natijasida yuzaga kelgan ikki turli genetik mutasiyadan foydalanish orqali modellashtirildi.

Shundan so`ng tadqiqot mualliflari dorilarning ushbu kasallikka ta`sirini o`rganishga kirishdi. Ma`lum bo`lishicha, genetik mutasiyalar tufayli “yuzaga kelgan” xastalikda organoidning tibbiy preparatlarga reaksiyasi boshqacha bo`ldi. 

 Natijada yog`li gepatoz bilan kurashish uchun eng samarali dori-darmonlar turkumi aniqlab olindi. Endi ular klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o`tsa, tibbiy amaliyotga qo`llash uchun tavsiya etilishi mumkin.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1