AsosiySport

Mahmud Murodovning jangi bekor qilindi

'Mahmud Murodovning jangi bekor qilindi'ning rasmi

O`zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodovning (25-7) UFC’dagi beshinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchi o`zining Instagram sahifasida ma`lum qildi.

Sportchining yozishicha, u mashg`ulotlarda qo`lidan jarohat olgan. Muayyan tekshiruvlardan so`ng tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo`ladi.

“Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so`rayman. 26 fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko`rdim, afsuski, jarohat ham peshonamizda bor ekan. Bu jang martga ko`chirilsa xursand bo`lardim”, - deya yozgan Murodov.

 

    Boshqa yangiliklar