Turkiyada kecha sodir bo`lgan zilzila oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, 69 kishi jarohatlandi. 5,6 mangitudali zilzila epimarkazi uch hafta oldin kuchli silkinishlardan jabr ko`rgan Malatya viloyatiga to`g`ri keldi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.
Prezident Rejep Tayyip Erdog`an kecha Adiyamanda bo`lib, jabrlangan hududlarga yordam bir necha kundan keyin ko`rsatilgani uchun uzr so`radi.
“Zilzilaning vayron qiluvchi tabiati, murakkab ob-havo sharoiti va mavjud infratuzilmaning sezilarli darajada buzilishi tufayli bir bir necha kun Adiyamanda to`g`ri harakat qila olmadik. Buning uchun uzr so`rayman”, dedi etakchi.
Davlat rahbari 6 fevralda boshlangan ikki vayronkor zilziladan so`ng shu kungacha mamlakatda o`n mingdan ortiq er silkinishi qayd etilganini ma`lum qildi.
Turkiyada zilzila oqibatida jami 44 ming 374 kishi vafot etdi, 115 ming aholiga yordam ko`rsatildi, dedi Erdog`an.
Tabiiy ofat zonasida 185 ming 345ta bino vayron bo`lgan yoki jiddiy shikastlangani ma`lum qilindi.
Jahon banki zilzilalar natijasida etkazilgan zarar 34 milliard dollarga baholanayotganini ta`kidladi.