AsosiyDunyo

BMT: Yamanda 21 milliondan ortiq aholi yordamga muhtoj

'BMT: Yamanda 21 milliondan ortiq aholi yordamga muhtoj'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, Yamandagi gumanitar ehtiyojlar ortib bormoqda. Xususan, mamlakat aholisining uchdan ikki qismi bo`lgan 21 milliondan ortiq yamanliklar yordam va himoyaga muhtoj.

Jenevada Yamanni qo`llab-quvvatlash uchun mablag` yig`ish maqsadida xalqaro donorlar konferensiyasi bo`lib o`tdi. Urushdan vayronaga aylangan mamlakatdagi 17,3 million kishini himoya qilish uchun insonparvarlik so`rovi 4,3 milliard dollarni tashkil etadi. Bugungi kunga kelib, mamlakatdagi gumanitar vaziyat dunyodagi eng og`ir inqirozlardan biri bo`lib qolmoqda.

Bundan tashqari, Yaman urush davom etayotgan boshqa mamlakatlardan, asosan Somali va Efiopiyadan 100 mingga yaqin qochqin va boshpana izlovchilarni qabul qilgan.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Yamanga 444 million dollardan ortiq qo`shimcha gumanitar yordam ko`rsatilishiga va`da berdi.

"Qo`shma Shtatlarning dunyodagi eng dahshatli gumanitar inqirozdan millionlab odamlarning azob-uqubatlarini engillashtirish majburiyati qat`iyligicha qolmoqda", — dedi Blinken.

    Boshqa yangiliklar