FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi O`zbekiston—Qirg`iziston chegarasida zilzila sodir bo`lganini ma`lum qildi.
Zilzila Toshkent vaqti bilan soat 16:50 da sodir bo`lgan. 3,6 magnitudali zilzila koordinatalari: 41,29 gradus shimoliy kenglik; 72,19 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik — 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 249 kilometr shimoliy-sharqda joylashgan.