AsosiyDunyo

Tesla Meksikada zavod qurmoqchi

'Tesla Meksikada zavod qurmoqchi'ning rasmi

Tesla kompaniyasi Meksikada korxona yaratish uchun bir necha milliard dollar sarmoya kiritadi. Zavod Meksika shimoli-sharqidagi Nuevo-Leon shtatidagi Santa-Katarina hududida, AQSh chegarasi yaqinida joylashadi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Marta Delgado ma`lum qildi deya xabar bermoqda Zamon.uz. 

"5 milliard dollardan ortiq bunday investisiyalarni federal hukumat ko`magisiz amalga oshirib bo`lmaydi va biz yordam berishda davom etamiz, bu zavod milliy bozor uchun ham, eksport uchun ham 1 millionga yaqin elektromobil ishlab chiqaradi", — dedi u.

Fevral oyi boshida BMW kompaniyasi Lotin Amerikasi mamlakatining markaziy qismidagi San-Luis-Potosi shtatidagi zavodida elektromobillar ishlab chiqarishga 800 million evro sarmoya kiritishga qaror qilgani ma`lum bo`ldi. Keng ko`lamli yangi investisiyalar 2027 yildan boshlab u erda elektromobillar ishlab chiqarish imkonini berishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar