Ozarbayjon prezidenti Xavfsizlik Kengashiga Qo`shilmaslik harakatiga a`zo davlatlar va Afrika davlatlarini qo`shishni taklif qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, Qo`shilmaslik harakatiga bitta doimiy o`rin berilishi kerak va Harakatga raislik qilayotgan mamlakat bu o`rinni rotasion asosda egallashi lozim.
Qo`shilmaslik harakati 120 ta davlatni birlashtirgan bo`lib, unda 17 ta davlat va 10 ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi maqomiga ega. O`zbekiston ham harakatga a`zo.
02.03.2023 18:18
Ilhom Aliev BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirishni taklif qildi






