AsosiySport

Boks federasiyasi Toshkentda o`tadigan jahon chempionatiga ba`zi davlatlarning boykot qo`yayotganiga munosabat bildirdi

'Boks federasiyasi Toshkentda o`tadigan jahon chempionatiga ba`zi davlatlarning boykot qo`yayotganiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan siyosiy vaziyat sabab ayrim internet manbaalari va ijtimoiy tarmoqlarda  joriy yilning 30 aprel - 14 may kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan boks bo`yicha jahon chempionati haqida har xil xabarlar tarqalmoqda. O`zbekiston boks federasiyasi vaziyatga oydinlik kiritdi.

Har ikki yilda bir marta o`tkaziladigan kattalar o`rtasidagi jahon chempionati Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) tomonidan tashkil etiladi. O`zbekiston tomoni musobaqada ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tgan mamlakatlarning qatnashish yoki qatnashmasligini belgilash vakolatiga ega emas. O`zbekiston musobaqani o`tkazuvchi davlat hisoblanadi va tashkiliy masalalar bilan shug`ullanadi.

Chempionat qatnashchilari, terma jamoalar, sportchi va murabbiylar, hakamlarni ro`yxatdan o`tkazish IBA tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatimiz musobaqani qabul qilish huquqini qo`lga kiritgan vaqtda terma jamoalar yoki sportchilarning xalqaro turnirlardagi ishtiroki bo`yicha bugungi cheklovlar yo`q edi.

“O`zbekiston xalqaro sport normalariga rioya qiluvchi davlat bo`lib, sport siyosatdan holi tamoyilini qo`llab-quvvatlaydi”,deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar