Messining qarindoshlariga tegishli do`konda otishma sodir bo`ldi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Hodisa Argentinadagi supermarketda yuz bergan. Otishma oqibatida hech kim jabrlanmagan. Jinoyatchilar futbolchiga maktub tashlab ketgan.
"Messi, biz seni kutyapmiz. Shahar meri Xavkin — narkotik sotadi, u sen xaqingda qayg`urmaydi", — deb yozilgan maktubda.
Qayd etilishicha, do`kon futbolchi rafiqasining qarindoshlariga tegishli. Polisiya qidiruv ishlarini boshlagan.