AsosiyDunyo

Turkmaniston prezidenti tomonidan 8 mart munosabati bilan xotin-qizlarga pul sovg`asi beriladi

'Turkmaniston prezidenti tomonidan 8 mart munosabati bilan xotin-qizlarga pul sovg`asi beriladi'ning rasmi

Turkmanistonda 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan xotin-qizlarga pul sovg`alari berilmoqda, deya xabar berdi turkmenistan.gov.tm nashri.

Dastlab bog`cha tarbiyalanuvchilariga prezident sovg`alari topshirildi. Xabarda aytilishicha, har bir xotin-qizlarga 17 dollargan pul sovg`asi beriladi.

Turkmaniston prezidentining farmoyishiga muvofiq, joriy yil 1 martdan 6 martgacha bo`lgan davrda mulkchilik shaklidan qat`i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, pensiya va davlat nafaqalari oluvchi, maktab, oliy ta`lim muassasalarida ta`lim oluvchi ayollar va qizlar Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pul sovg`alari olishadi.

    Boshqa yangiliklar