AsosiyDunyo

Putin Qodirovning 17 yoshli o`g`lini uylanayotgani bilan tabriklash uchun u bilan uchrashdi

'Putin Qodirovning 17 yoshli o`g`lini uylanayotgani bilan tabriklash uchun u bilan uchrashdi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Checheniston rahbarining 17 yoshli o`g`li Ahmad Qodirov bilan uchrashdi. Ramzan Qodirov o`zining Telegram sahifasida ularning birgalikdagi suratlarini joylashtirgan.

Xabar qilinishicha, Ramzan Qodirovning to`ng`ich o`g`li prezidentga respublikada olib borilayotgan yoshlar siyosati haqida hisobot bergan. Ahmad Qodirov 16 yoshida Bolalar va yoshlar harakati viloyat boshqarmasi kengashi raisi etib tayinlangan.

Checheniston rahbarining so`zlariga ko`ra, Putin yosh amaldorga 2004 -yil mayida Grozniydagi portlashda halok bo`lgan bobosi, respublikaning birinchi rahbari Axmat Qodirov haqida ham gapirib bergan. Ramzan Qodirov Kremldagi uchrashuvni “norasmiy” va “ma`naviy” deb atadi. 

Checheniston rahbarining so`zlariga ko`ra, Putin ham Ahmad Qodirovni yaqinlashib kelayotgan to`yi bilan tabriklagan.

 

    Boshqa yangiliklar