"Sputnik V" yaratuvchilaridan biri Andrey Botikov Moskvadagi kvartirasida kamar bilan bo`g`ib o`ldirildi, deb xabar berdi "NewTimes.kz" nashri.
Gumonlanuvchi hibsga olingan va o`z aybiga iqror bo`lmagan.
Andrey Botikov, N.F. nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy markazining 18 nafar olimlaridan iborat guruh a`zosi bo`lgan. Ushbu mutaxassislar "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqishda ishtirok etishgan.
Tergov ma`lumotlariga ko`ra, qotillik maishiy sabab, mojaro vaqtida sodir etilgan.






