AsosiyDunyo

Tramp Putinni boshqa davlatlarga bostirib kirgan taqdirda og`ir oqibatlardan ogohlantirganini aytdi

'Tramp Putinni boshqa davlatlarga bostirib kirgan taqdirda og`ir oqibatlardan ogohlantirganini aytdi'ning rasmi

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinni Rossiya boshqa davlatlarga bostirib kirgan taqdirda og`ir oqibatlardan ogohlantirganini aytdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

 Sobiq davlat rahbarining so`zlariga ko`ra, RF etakchisi bunga ishonmagan.

“Men aytgandim: Vladimir, buni qilma. Bizning do`stligimizni bilasan, boshqa davlatlarni bosib olma, aks holda Moskva og`ir zarba ostida qoladi”, – deb aytib o`tdi u Siyosiy harakatlar konservativ konferensiyasida.

Bundan oldin Donald Tramp Jozef Baydenning Ukraina bo`yicha siyosatini tanqid qilib chiqqandi. U 24 soat ichida tinchlik o`rnatishi mumkinligini bot-bot qaytarib keladi.

 

    Boshqa yangiliklar