Qozog`istonning Aqtobe viloyatida teplovoz va Bishkek—Samara yo`nalishidagi yo`lovchi poezdi to`qnashib ketdi, deb xabar bermoqda “Orda.kz”.
Mamlakat FVV matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, voqea 5 mart kuni soat 10:30 larda yuz bergan. Poezdda 200 dan ortiq kishi (Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya fuqarolari) bo`lgan. Jabrlanganlar yo`q. Ular boshqa poezdga olib o`tilgan. Voqea joyiga vertolyot, qutqaruv bo`linmalari yuborilgan.
“Qozog`iston temir yo`li” matbuot xizmatining bildirishicha, hozirda voqea sabablari komissiya tomonidan o`rganilmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa lokomotiv brigadasining aybi bilan yuz bergan.






