1

O`zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida 8 pog`ona yuqoriladi

Iqtisodiyot 07.03.2023, 11:01
O`zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida 8 pog`ona yuqoriladi

Heritage fondi va The Wall Street jurnali tomonidan Iqtisodiy erkinlik indeksining 2023 yil uchun hisoboti e`lon qilindi. Indeksda O`zbekiston 56,5 ball bilan (2022 yilga nisbatan +0,8 ball) dunyo bo`yicha 176 mamlakat orasida 109-o`rinni egallagan va 2022 yilga nisbatan 8 pog`ona yuqorilagan.

O`zbekiston 12 ta indikatorning 7 tasida ijobiy va 5 tasida salbiy o`zgarishlarni qayd etdi.

Xususan, davlat yaxlitligi (+1,1 ball), soliq yuki (+2 ball), mehnat bozori erkinligi (+0,1 ball), monetar erkinlik (+2,3 ball), savdo erkinligi (+0,4), investisiyalar erkinligi (+10 ball) va moliyaviy erkinlik (+10 ball).

Shuning bilan birga, O`zbekiston indeksdagi mulkchilik huquqi (-0,7 ball), sud faoliyati samaradorligi (-0,1 ball) davlat xarajatlari (-3,2 ball), fiskal salomatlik (-11,3 ball) va biznes erkinligi (-0,2 ball) indikatorlarida pastlagan.

Shuningdek, ko`p yillik iqtisodiy turg`unlikdan so`ng, O`zbekiston 2017 yildan buyon iqtisodiy erkinlikni ta`minlashga qaratilgan ochiqlik va modernizasiyaga o`tishni rag`batlantiradigan siyosatni olib borayotgani ta`kidlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1