Turkiyaning zilziladan ko`rilgan zarar miqdori 100 milliard dollardan oshdi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi vakili Luiza Vinton ma`lumot berdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Uning so`zlariga ko`ra, bu mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan va xalqaro hamkorlar tomonidan tasdiqlangan bugungi hisob-kitoblardir. Aniqlik kiritilishicha, gap Suriyadagi vayronagarchilikni hisobga olmagan holda faqat Turkiyadagi zarar haqida ketmoqda.
Avvalroq BBC Jahon banki zilziladan ko`rilgan zarar miqdorini 34,2 mlrd dollarga baholagani haqida yozgandi.