37 yoshli Jeyson Ardey Kembrij universitetining eng yosh professori bo`ldi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Ardeyga bolaligida autizm spektrining buzilishi va rivojlanish kechikishi tashxisi qo`yilgan. U 11 yoshigacha gapira olmagan, muloqot qilish uchun imo-ishora tilidan foydalangan va 18 yoshgacha o`qish va yozishni bilmagan.
"Ko`p yillar oldin Ardeyga "kasalligi tufayli u umrining qolgan qismini qariyalar uyida o`tkazishi mumkin" deya dahshatli kelajak bashorat qilingan edi. Ammo Ardey taslim bo`lmadi. U onasining yotoqxonasi devoriga "Oksford yoki Kembrijda ishlayman" deb yozib, buni hayotining maqsadlaridan biriga aylantirgan",–deyiladi xabarda.
Bugun u Kembrij universitetining eng yosh professori hisoblanadi. U ta`lim sosiologiyasidan dars beradi.
Ardey Surrey universitetida ikkita magistrlik darajasini olgan. Keyinchalik 2016 yilda Liverpul Jon Murs universitetida doktorlik dissertasiyasini oldi.
Ardey o`zining birinchi ilmiy maqolasini 2018 yilda nashr etgan va u Glazgo universitetining Oddiy maktabiga ishga kirgach, butun Buyuk Britaniyadagi eng yosh professorlardan biriga aylandi.
"Mening faoliyatim, birinchi navbatda, ijtimoiy ta`minlangan odamlarga ko`proq imkoniyatlar yaratish va oliy ta`limni chinakam demokratlashtirishga qaratilgan", — deydi Ardey.