“Mehr va Oqibat” markaziga Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo`linayotgani haqida xabar kelib tushgan. .
“Mehr va Oqibat” ko`ngillilari arizada ko`rsatilgan manzilga tuman IIB xodimlari bilan birga borishganda, hovlining hamma joyi qonga bo`lg`anib, o`nlab it terilarining guvohi bo`lishgan.
Ko`ngillilar omon qolgan 35 it va 9 kuchukchani qutqarishga muvaffaq bo`lishgan. 10 ta it "Gavcheg" boshpanasiga, qolganlari "Mehr va oqibat" markazi himoyasiga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda itlarning bu uyga qanday va qaerdan kelib qolganiga oid barcha holatlarga oydinlik kiritilmoqda.