Bugun deputatlar O`zbekiston Respublikasi referendumini o`tkazish haqidagi qaror qabul qilinishi kutilmoqda
Bugun soat 15:00 da Qonunchilik palatasida bo`lib o`tadigan Yalpi majlisda Konstitusiyaviy qonun loyihasi ko`rib chiqiladi.
Yig`ilishda “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi referendumini o`tkazish haqida”gi qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Yalpi majlis “O`zbekiston 24”, “O`zbekiston” teleradiokanallari, "UzReport" telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTube'dagi sahifasi orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi.






