Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi muhokama etilmoqda.
Konstitusiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitusiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda.
O`zbekiston ijtimoiy davlat deb e`lon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda.
Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta`minlanishi, mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori insonga munosib yashashini ta`minlashni hisobga olgan holda belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi va boshqalar belgilanmoqda – deydi Jahongir Shirinov.






