AsosiyJamiyat

MIBning Toshkent shahri va viloyati boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi

'MIBning Toshkent shahri va viloyati boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahri va viloyati boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Bosh prokuror buyrug`i bilan Orif Bozorov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Orif Bozorov Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Bosh prokuror buyrug`i bilan Ahrorbek Arziev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar, u Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar