AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning bir nechta tumanida gaz o`chadi

'Bugun Toshkentning bir nechta tumanida gaz o`chadi'ning rasmi

Ta`mirlash va elektron hisoblagichlarni o`rnatish ishlari sababli bugun Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yuqori va o`rta bosimli gaz taqsimlash punktlari va quvurlarini ta`mirlash hamda elektron hisoblagichlarni o`rnatish ishlari amalga oshirilishi sababli bugun, 10 mart kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar quyidagi hududlarning gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Yashnobod tumani:

  • 2-Tolariq va Bunyodkor ko`chalarida gaz bosimi pasayadi;
  • Farg`ona va O`zBUM ko`chalaridagi 6 ta ko`p qavatli uylardagi 160 ta;
  • Farg`ona yo`li ko`chasidagi 20 ta;
  • O`zBUM ko`chasi 4 ta ko`p qavatli uylardagi jami 100 ta;
  • «Assalom sohil» mavzesidagi 4 ta ko`p qavatli uylardagi jami 620 ta;
  • «Obod makon» MFYdagi 21 ta ko`p qavatli uylardagi 1 100 ta;
  • «A.Yassaviy», «Boysun», «Ma`rifat», «Shirinobod» MFYlari hududidagi 3 500 ta aholi;
  • Baku ko`chasida shisha sexi, «Jo`rabek» MFY hududidagi issiqxonalarda.

Mirobod tumani:

  • «Fayzobod», va «Oq Uy» MFYlaridagi jami 1 300 ta uy xo`jaliklarida;
  • Yuqorida ko`rsatilgan MFYlar hududidagi 56 ta maishiy xizmat ko`rsatish ob`ektlari;
  • «Fayziobod» MFY hududidagi muzqaymoq sexi, qog`oz ishlab chiqarish sexi, «Gofra prodakshn», «Ruta» oilaviy korxonasi;
  • Fayziobod YPX binosi, Marhabo mehmonxonasi;
  • Maishiy xizmat ko`rsatish 2 ta, Temir yo`l omborxonasi, Bojxona omborxonasi;
  • «Oq uy» MFY, Otchopar ko`chasidagi gaz quyish shoxobchasi, 2 ta novvoyxona,
  • «Qo`yliq Ota» MFYdagi jami 300 ta uy xo`jaliklarida hamda 10 ta ulgurji iste`molchilarda.

Bektemir tumani:

  • «Nurafshon» MFYdagi jami 70 ta uy xo`jaliklarida.

Uchtepa tumani:

  • «Foziltepa» MFYdagi jami 220 ta uy xo`jaliklarida hamda hududdagi 18 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Ta`mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

    Boshqa yangiliklar