AsosiyJamiyat

"Ayollar ehtiyot bo`ling!" Ijtimoiy tarmoqda "burqa" kiyib, chiqish qilayotgan ayol bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi

'"Ayollar ehtiyot bo`ling!" Ijtimoiy tarmoqda "burqa" kiyib, chiqish qilayotgan ayol bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi'ning rasmi

2023 yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda arab davlatlarida keng tarqalgan "burqa" kiygan noma`lum ayolning "Ayollar ehtiyot bo`ling!" nomli videolavhasi tarqaldi. Unda ayollarning tashqi ko`rinishi tanqidga olingani aks etgan.

Holat yuzasidan IIV ma`lumot taqdim etdi. 

Ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan o`rganishlar davomida mazkur videorolik muallifi 2003 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, poytaxtdagi oliy ta`lim muassasalarining birida tahsil oluvchi fuqaro Q.Sh. ekanligi aniqlandi va 2023 yil 2 mart kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etildi.

Suhbat davomida fuqaro ijtimoiy tarmoqda ayollarning tashqi ko`rinishiga oid munosabatini shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda xorijiy saytlarning biridan olingan materiallar asosida bildirganligini, hozirgi kunda uy sharoitida videolavhada ko`rsatilgan noan`anaviy ayollar liboslarini (burqa) tikish va aholiga sotish bilan shug`ullanishini ma`lum qildi.

"O`zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida"gi qonuniga asosan, jins bo`yicha bilvosita kamsitish, ya`ni bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo`yadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, ta`lim, madaniyat orqali targ`ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilanishiga yo`l qo`yilmaydi. Ushbu Qonunning 29-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Shunday ekan, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishda insonlar o`zlarining diniy va axloqiy qarashlari orqali boshqalarga baho berishi yoki boshqacha ko`rinishda shaxsiy hayotiga aralashishi mumkin emas.

O`zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakatda hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Ushbu qonunning 5-moddasiga ko`ra, mamlakatda vijdon erkinligini ta`minlashning asosiy ustuvorliklaridan biri sifatida jamoat tartibiga, fuqarolarning sog`lig`i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g`oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish belgilab qo`yilgan", - deyiladi IIV munosabatida. 

Shu munosabat bilan, sud idoralari tomonidan fuqaro Q.Sh.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1842-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Boshqa yangiliklar