AsosiyDunyo

Antaliyada xalqaro Runtalya yugurish marafoni bo`lib o`tdi

'Antaliyada xalqaro Runtalya yugurish marafoni bo`lib o`tdi'ning rasmi

Runtalya xalqaro marafoni 5 mart kuni Turkiyaning turizm poytaxti bo`lmish Antaliya sohilida tashkil etildi. Musobaqada dunyoning turli burchaklaridan minglab professional va havaskor yuguruvchilar ishtirok etdilar. Mavsumning boshlang`ich poygasi bo`lgan Runtalya 47 dan ortiq mamlakatdan kelgan sportchilarni o`ziga jamladi. Erkaklar o`rtasidagi marafon poygasida Uzeyir So`ylemez 2 soat 23 daqiqa 35 soniyada g`alaba qozongan bo`lsa, ayollar orasidan 03.03.26 natija bilan Nataliya Gyurten peshqadam bo`ldi.

Bu yil Runtalya bir vaqtning o`zida to`rt bosqich (2, 10, 21 va 42 kilometrlik yo`nalishlar)ga mezbonlik qildi va barcha poygalar Antaliya shahar markazida boshlandi. 42 kilometrlik marafon yuguruvchilari Antaliyaning eng go`zal va tashrif buyurilishi shart bo`lgan sayohat nuqtalari, Kalechi, Hadrian darvozasi, Duden sharsharasi va mashhur Lara sohillari kabi diqqatga sazovor joylar bo`ylab masofani bosib o`tishdi. Mart oyining birinchi haftasida shaharga tashrif buyurgan o`n minglab Antaliya aholisi va xalqaro mehmonlarning olqishiga sazovor bo`lgan poygada professional sportchilardan tashqari havaskor yuguruvchilar ham qatnashdi. Runtalya tashkiloti bolalar, boshlang`ich darajada yuguruvchi ayollar va barcha yoshdagi mahalliy aholini sog`lom turmush tarziga jalb qilishga da`vat etilgan "yurish", "baland poshnali yugurish" va "1 qadam 1 hayot" kabi turlarni o`z ichiga oldi. 

Runtalya marafoni 2006 yildan beri Antaliyada tashkil etiladi. Musobaqa va marshrut nazorati Turkiya Engil Atletika Federasiyasi (TAF) tomonidan amalga oshiriladi. Runtalya o`ziga xos xususiyatlarga ega ajoyib poyga bo`lib, bu yilgi mavsumning ilk musobaqasi hisoblanadi va uning maqsadi ham minimal raqobat tajribasiga ega havaskor va professional yuguruvchilarni birlashtirishga qaratilgan. Musobaqada qatnashish pulli bo`lib, undan tushgan daromadlar Turkiyaning janubi-sharqida yuz bergan zilziladan aziyat chekkan va Antaliyaga evakuasiya qilinganlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar