"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun mamlakatimiz hududi bo`yicha quyoshli va juda iliq ob-havo bo`lishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni 25-28o iliqgacha, janubda ba`zi joylarda 30o iliqgacha ko`tariladi.
Shanba va yakshanba kunlari O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo masasi kirib kelishi kutilmoqda.
Ertaga Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.
Yakshanba kuni respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, ayrim joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shimoliy hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Bugun va ertaga respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15o iliq atrofida, ertaga kunduzi 21-26o iliq bo`ladi, yakshanba kuni havo salqinroq bo`ladi, havo harorati 13-18o iliqdan yuqori bo`lmaydi.
10 martda respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi havfi bor. 10-12 martda kutilayotgan yomg`irlar hisobiga tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda: bugun yog`ingarchilik kutilmaydi, ertaga kechga tomon va yakshanba kuni kun davomida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati 24-26o iliqni tashkil etadi, yakshanba kuni 17-19o iliqgacha salqinlashadi.






