AsosiyJamiyat

Toshkentda o`quvchini urgan o`qituvchi jarimaga tortildi

'Toshkentda o`quvchini urgan o`qituvchi jarimaga tortildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi maktablardan birida o`quvchini kaltaklagan o`qituvchi javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma`lum qilindi.

Sinf xonasiga o`rnatilgan kuzatuv kamerasidan olingan tasvirlarda o`qituvchi 8-sinf o`quvchiga qo`l ko`targani, bola o`rnidan turgan vaqtida o`qituvchi uni itarib, xonadan chiqarib yuborgan.

Ma`lum qilinishicha, holat 2 mart kuni biologiya darsida sodir bo`lgan. O`qituvchi dars boshlamoqchi bo`lganida, o`quvchi telefoni bilan yonidagi sinfdoshlarini rasmga olishni boshlagan. Pedagog bolani ogohlantirishiga qaramay, o`quvchi uning aytganini qilmagan. Shundan keyin u borib, bolaning telefonini olib qo`ygan va darsini davom ettirmoqchi bo`lgan. Bola esa o`qituvchini yomon so`zlar bilan haqorat qilgani sabab ayol unga qo`l ko`tarishga majbur bo`lgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yashnobod tuman sudining qarori bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan o`qituvchi ayolga BHMning uch baravari miqdorida (900 ming) jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar