12 mart kuni Navro`z umumxalq bayramiga bag`ishlangan “V International Tashkent Marathon”, “Yangi nafas”, “Men G`olib” ommaviy yugurish musobaqasi o`tkaziladi.
Toshkent shahar hokimligining ma`lum qilishicha, shu munosabat bilan poytaxtdagi ayrim ko`chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
2023 yilning 11 mart kuni soat 10:00 dan 12 mart kuni soat 16:00 gacha:
- Afrosiyob ko`chasi – Islom Karimov ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog`och ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
2023 yil 12 mart kuni soat 06:00 dan soat 14:00 gacha:
- Afrosiyob ko`chasi – Islom Karimov ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Sharof Rashidov ko`chasi – Afrosiyob ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Islom Karimov ko`chasi – Sharof Rashidov ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Afrosiyob ko`chasi – Beshyog`och ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Shahrisabz ko`chasi – Afrosiyob ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Oybek ko`chasi – Shahrisabz ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Nukus ko`chasi – Oybek ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Abdulla Qodiriy ko`chasi – Istiqbol ko`chasi bilan kesishgan chorrahadan Abay ko`chasi bilan kesishgan chorrahagacha.






